Muzrabot tumanida aholi xonadonlari hamda chorvachilik kompleksi faoliyati bilan tanishildi

Xabar berib borayotganimizdek, viloyat hokimi hududlarda bo‘lib, aholi turmush farovonligini yaxshilash, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlari bilan tanishmoqda, yangi loyihalarni ko‘zdan kechirib, ish o‘rinlari yaratilishi ahvolini o‘rganmoqda.

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shu maqsadda hududlarga tashrifini Muzrabot tumanida davom ettirdi. Tumanga tashrifning birinchi manzili “Surxon-Agro majmuasi” MChJning 2000 bosh qora molga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi bo‘ldi.

Yangidan o‘zlashtirilgan qariyb 1 ming gektar maydonni o‘z ichiga olgan loyihaning umumiy qiymati 110 mlrd so‘mni tashkil etadi. Unda chorvachilik kompleksi, sutni qayta ishlash korxonasi, sendvich paneldan 1200 tonnalik omborxona va ozuqa yetishtirish va saqlash joylari tashkil etilgan. 110 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilgan.

Viloyat rahbari kompleks faoliyati bilan tanishib, tadbirkor bilan loyiha qurilishidagi mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashdi. Mutasaddilarga elektr energiyasi va suv ta’minoti masalalarini hal etishda tadbirkorga ko‘maklashish, loyihani kengaytirish hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmi va ish o‘rinlari sonini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari “Xalq yo‘li” mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, Xayrulla Xolliyevning asalarichilik, chorvachilik, yilqichilik, ko‘chat yetishtirish, Sanobar Qurbonovaning uy bog‘chasi, baliqchilik, limonchilik, va parrandachilik, O‘ktam Saparovning milliy quroq ko‘rpalari tikish, kasanachilik kabi yo‘nalishlardagi faoliyatlari, tomorqadan samarali foydalanishdagi tajribalari bilan tanishdi.

Ushbu xonadonlar tajribasini ommalashtirish lozimligi qayd etildi. Bir uyda bir nechta yo‘nalishda iqtisodiy samarador bo‘lgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish zarurligi, buning natijasida oiladagi barchani band qilish orqali daromadli qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.