Angor va Sherobod tumanlarida g‘alla ekish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumi oldidan yer maydonlarini tayyorlash, urug‘, mineral o‘g‘itlar zaxirasini jamg‘arish, texnika va seyalkalarni mavsumga hozirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda mavsum oldidan tashkil etilgan seminarda ishtirok etish maqsadida Angor va Sherobod tumanlariga tashrif buyurdi.

Xususan, Angor tumani “Sh.Rashidov” hududidagi “Zamin Angor klaster” MChJning 10 gektarlik, Sherobod tumani “V.Qodirov” hududidagi “Nazokat ASU” fermer xo‘jaligining 14 gektarlik dala maydonlarida 2025-yil hosili uchun g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Viloyat rahbari olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas’ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. Shuningdek, paxta hosilini yig‘ib-terib olish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi. Gʻalla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, paxta terimini samarali olib borish, ekish otryadlari hamda terimchilar uchun dalalarda zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil hosili uchun Sherobod tumanida 10 700 gektar, Angor tumanida 6 5000 gektar maydonga urug‘ qadalishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.