Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! | Termizda mustaqilligimizning 33 yilligi bayram tantanalari bo‘lib o‘tmoqda

Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi” majmuasining “Alpomish” amfiteatrida vohalik ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari hamda voha mehmonlari ishtirokida viloyatning asosiy bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilmoqda.

Tadbirni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi va vohamiz ahlini mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi bilan muborakbod etdi.

Tadbirda, shuningdek, Belarus Respublikasi elchisi Lenoid Marinich, Qirg‘iz Respublikasi iqtisodiyot va savdo o‘rinbosari Nazarbek Malayev, Qirg‘iz Respublikasi elchisi Muso Jamanbayev, Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri o‘rinbosari Kairat Torebayev, Tojikiston Respublikasidan Xatlon viloyati raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Mirzozoda, Tursunzoda shahri raisi Akramzoda Parviz Akram, Shahrinav shahri raisi Valizoda Abduqodir Yusuf, Hisor shahri Raisi o‘rinbosari Nazrizoda Abdufattoh boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etishmoqda.

Bayram konsert dasturi ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.