Bayramga munosib tuhfa: “Zarchob -1 A” kichik GES ishga tushirildi

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida Surxondaryoda qator yangi obyekt va inshootlar foydalanishga topshirilmoqda. Vohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladigan ushbu obyektlarning navbatdagi “Zarchob -1 A” kichik GESi bo‘ldi.

Bugun, «O‘zbekgidroenergo» AJ tomonidan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida quvvati 3 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 13,3 mln kVt`soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi ushbu gidro elektrostansiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «O‘zbekgidroenergo» AJ mas’ul xodimlari, viloyat hokimligi mutasaddilari, tuman hokimi, hududiy tizim korxonalari vakillari, soha mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra “Zarchob 1-A” kichik GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bilan 4 750 ta xonadonni ta’minlash imkoniyati mavjud.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.