Rasmiy munosabat: Fuqarolar qabuli uchun hech qanday cheklov yo‘q

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Denov tumanida yashovchi fuqaro Surxondaryo viloyati hokimining qabuliga kiraolmayotganligi to‘g‘risida murojaat yo‘llagan. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Aholining ortiqcha ovvaragarchiligi va uzoq yo‘l bosib sarson bo‘lishining oldini olish, fuqarolar qabulining qamrovi va sifatini oshirish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning onlayn qabullari tashkil etib kelinmoqda.

Bundan tashqari viloyat hokimining hududlarga tashrifida mahallalarda yurilgan holda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar davomida ham fuqarolar bilan uchrashilib, ularning murojaatlari tinglanmoqda. Hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanmoqda.

Shuningdek, viloyat rahbarining tashabbusi bilan fuqarolarning murojaatlarini joylardagi ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar orqali telegramm messenjeri orqali ham qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, viloyat hokimining virtual qabulxonasi ham doimiy ish faoliyatida bo‘lib, fuqaro o‘ziga qulay shaklda, o‘zi istagan tartibda viloyat hokimiga murojaat qilish imkoniyatiga ega. Shu o‘rinda viloyat hokimining fuqarolar qabuli uchun hech qanday cheklov yo‘qligini ma’lum qilamiz.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.