Yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti majlislar zalida topshiriqqa asosan loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda tizerlari bilan tanishdi.

Ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar; texnik iqtisodiy asoslari yuzasidan mutasaddilar, loyiha institutlari mas’ullari tomonidan axborot berildi. Unga ko‘ra viloyat bo‘yicha jami 30 ta yangi loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib, umumiy qiymati qariyb 524 mln dollarni, yaratilishi mo‘ljallangan ish o‘rinlari soni 5 565 tani tashkil etadi.

Viloyat rahbari loyihalarning texnik iqtisodiy asoslari hamda tizerlarni ishlab chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini tanqid qilib, mas’ullarga investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, viloyat rahbari Angor tumanida ham bo‘lib, “Angor index” ulgurji mollar savdo kompleksida amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar hamda mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha taqdimotlar bilan ham tanishdi. Mutasaddilarga kompleksni to‘liq ishga tushirish, tadbirkorlarni jalb qilish, qurilish mollari savdosini tashkil etish, ish o‘rinlari sonini oshirish topshirildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.