Muzrabotda kollektor suvlaridan foydalangan holda sholi yetishtirishladigan maydonlar kengaytiriladi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida kollektorlarni tozalash va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda suv resurslarini samarali boshqarish, suv tanqisligi muammosini hal qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kollektor va drenaj tizimlarini yaxshilash muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Viloyat rahbari yillar davomida kollektor va drenajlarning tozalanmaganligi va tizimga e’tibor qaratilmaganligi sababli yerlarning meliorativ holati buzilganligini, ayrim maydonlarning foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lganligini ta’kidladi.
Endilikda kollektor va drenaj tizimlarining samaradorligini oshirish orqali tuproqning sho‘rlanishini kamaytirish, ariq va kanallarni betonlash bilan suvning behuda sarfini keskin kamaytirish choralari ko‘rilayotgan bo‘lib, suvning har bir tomchisidan samarali foyalanish maqsadida kollektor suvlari hisobiga sholi yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirish maqsad qilingan. Oqova suvlarining qayta ishlatilishi hududning suv tanqisligi muammosini ham qisman hal etish bilan birga mahsulot yetishtirish hajmining oshishiga xizmat qiladi.
Tashrif davomida mutasaddilar 2025-yilda hududdagi sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, energiya va suv sarfini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyihalar yuzasidan axborot berishdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz