Muzrabot tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishildi
Xabar berilganidek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini Surxondaryoda namunali tashkil etish bo‘yicha Muzrabot tumani tanlab olingan.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, Gulobod mahallasidagi kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, uy xo‘jaliklarida yo‘lga qo‘yilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Xususan, mahalladagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, kambag‘allikdan chiqarish maqsadida mutasaddilarga biriktirilgan xonadonlarda amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Oilalarning ijtimoiy muammolari o‘rganilib, davolanish hamda bandlik masalalaridagi murojaatlarni hal etish, yashash sharoitlarini yaxshilash yuzasidan vazifalar belgilab berildi. Viloyat rahbari oilalarning farzandlari uchun kitoblar jamlanmalarini topshirdi.
Shuningdek, mahalla "yetilligi"ning faoliyati, o‘tkazilgan xatlov natijalari hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan axborotlari tinglandi.
Mahallaga tashrifi davomida viloyat rahbari xonadonlarda tikuvchilik va asalarichilik, "Farzuddin" xususiy korxonasining quyma plitkalar tayyorlash, "Muhammadjon Sevinch" oilaviy korxonasining avtoservis xizmati va avtomobillarga sovitish suyuqligi (Antifriz) ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tanishdi.
Mazkur loyihalar kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga faoliyatini kengaytirgan bo‘lib, natijada yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishilgan.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz