Surxondaryoda 60 ming 245 nafar bolajon birinchi sinfga qabul qilindi

Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida yangi – 2022/2023 o‘quv yili “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida mustaqillik bayrami va “Bilimlar kuni” tadbirlari bilan boshlandi.

Termiz shahridagi 26- umumtalim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etib, bilimga chanqoq o‘quvchilar, ustozlar, mahalla faollari va ota-onalarni mustaqilligimizning 31 yillik bayrami hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan qizg‘in qutladi.Keyingi yillarda ta’lim-tarbiyadagi islohotlar o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada yaxshilash, bolalarga puxta va mukammal bilim berish, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlarga qaratilganini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida umumtalim maktabida 1-sinfga qabul qilingan 245 nafar o‘quvchining har biriga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Joriy o‘quv yilining boshida Surxondaryo viloyatidagi 945 ta umumta’lim maktabida 535 ming nafar o‘quvchiga 44 ming 520 nafar pedagog ta’lim-tarbiya bermoqda. Imkoniyati cheklangan 1 ming 414 nafar bola o‘z uyida yakka tartibda ta’lim oladi. Bugun 60 ming 245 nafar o‘g‘il-qiz ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ydi. An’anaga ko‘ra, ularga shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda davlat idoralari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus sovg‘alarini topshirishdi.

Maktablarda ilk o‘quv mashg‘ulotlari "O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" mavzuiga bag‘ishlanib, unda istiqlol yillari erishilgan yutuqlar, yoshlarimiz tomonidan qo‘lga yeiritilayotgan yutuqlar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

2 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.