Surxondaryo viloyati hokimligi
To'ra Bobolov: Sizlar borki, osmonimiz musaffo, sarhadlarimiz tinch, yurtimiz obod bo'lmoqda

8-mart­ Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari T. Bobolov va Janubiy operativ qo'mondonligi boshlig'i, polьkovnik P. Sativaldiyev Mudofaa vazirligining Termiz garnizonidagi harbiy qismda bo'lib, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari bilan uchrashdi.

Harbiy shaharchada tashkil etilgan tadbirda viloyat rahbari Vatanimiz himoyachilari turmush o'rtoqlarining tinch, osuda hayotimizni ta'minlashdagi beqiyos xizmatlarini alohida e'tirof etdi. Keyingi yillarda harbiylar oilalariga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, ularni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar haqida atroflicha fikr almashdi. Mu'tabar onaxon va opa-singillarni bayram bilan tabrikladi.

Yurtimiz tinchligi, mamlakatimiz obodligi yo'lida tunu-kun xizmat qilayotgan osayishtalik posbonlarimizga sizlar ishonchli tayanch bo'lib turibsizlar,­ dedi To'ra Bobolov.­Xonadonlariga fayz bag'ishlab, har taraflama barkamol farzandlarni tarbiyalamoqdasiz. Hozirgi glaballashuv davrida dunyoning ayrim davlatlaridagi notinchlikdan, qurolli to'qnashuvlardan tinch aholi aziyat chekayotgani sir emas. Shunday qaltis bir zamonda sarhadlarimizda mustahkam qalqon bo'lib turgan mard, jasur turmush o'rtoqlaringizning barcha mashaqqatlarini birga baham ko'rayotganingizni, ularni ruxlantirib turganingizni chuqur his etamiz va bunday yuksak fazilatlaringizni hamisha qadrlaymiz. Sizlar borki, osmonimiz musaffo, sarxadlarimiz tinch, yurtimiz obod bo'lmoqda.

Tadbirda harbiy xizmatchilarning oila a'zolariga bayram sovg'alari topshirildi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog`lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.