Surxondaryo viloyati hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Sammitda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston prezidentlari va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri ham qatnashdi.

Davlat rahbarlari sammitda joriy yildagi hamkorlik yakunlari sarhisobi va bo‘lajak 2023 yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qilishdi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikni uch yo‘nalishda: siyosat va xavfsizlik borasida, iqtisodiy va gumanitar sohalarda rivojlantirmoqda. Keyingi yillarda davlatimiz MDH faoliyatidagi ishtirokini faollashtirib, 40 dan ortiq ko‘p tomonlama bitimlarni imzoladi hamda MDHning 23 ta tarmoq organlariga qo‘shildi.

2022 yilda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi uchdan bir hissaga ortdi va 1 mingdan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil etildi.

1 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.