Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimizning ta’lim sohasidagi islohotlari natijasini ko‘rsatib berayotganingiz uchun sizlarga rahmat”
Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan Termiz shahridagi 9-maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
– Davlatimiz tomonidan ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va dunyoning ta’limi rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqa. Sizlar ana shu islohotlar samarasini ro‘yobga chiqarib, Surxondaryoda xorijiy tillarni o‘qitishda yaxshi ishlar amalga oshirilayotganligini ko‘rsatib berdingiz. Buning uchun sizlardan minnatdormiz – dedi viloyat rahbari uchrashuvda.
Uchrashuv so‘ngida iqtidorli o‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga viloyat hokimligi sovg‘alari – noutbuklar topshirildi.
Ma’lumot uchun, 9-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi va 5 nafar o‘quvchisi ushbu tanlovning respublika bosiqichida faol ishtirok etishib, joriy yil noyabr oyida Buyuk Britaniyaning London shahriga sayohat qilib qaytishgandi. Shuningdek, kuni-kecha Prezident Adminstratsiyasida o‘tkazilgan ochiq eshiklar kunida ham Administratsiya rahbariyati bilan uchrashuvda qatnashishdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz