Faollar ko‘tarayotgan masalalar ijrosi tahlil qilindi

Aholi murojaatlari hamda hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularga yechim izlash maqsadida viloyatimiz hokimining tashabbusi bilan jurnalist va blogerlar hamda faollar ishtirokida telegram ijtimoiy tarmog‘ida murojaatlarni qabul qiluvchi guruh tashkil etilgan.

Bugun ushbu guruhga kelib tushgan murojaatlar, muammoli masalalarning hal etilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Har bir murojaat ortida aholi manfaati, inson taqdiri turganini inobatga olib, mutasaddilardan murojaatlarga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligi qayd etildi. Masalalar ijrochilar kesimida tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, yaratilgan sharoitlar hamda institutning Marksheyderlik ishi fakulteti o‘qituvchilarining vohamizdagi geologik izlanishlar, mavjud salohiyatlar yuzasidan ishlab chiqqan loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, institutda ko‘ngilli talabalardan tashkil topgan “Qalqon” patrullik guruhi bilan ham suhbat qilindi. Institutga tashrif so‘ngida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish, targ‘ibot ishlarining borishi muhokama qilindi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.