Chigit ekish mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz tumani “Surxon Namuna” hududida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan soha mutasaddilari, hududlar rahbarlari, “Zoom” platformasi orqali tumanlardagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Mavsum uchun texnikalarni shay holatga keltirish, fermer xo‘jaliklariga zarur texnikalarni xarid qilish uchun ko‘maklashish masalasi muhokama qilindi. Ularning bu boradagi muammolari tinglandi.
Urug‘lik chigit, o‘g‘itlar hamda yoqilg‘i-moylash materiallari zaxirasini yaratish, maydonlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish natijalari o‘qib eshittirildi. Shuningdek, chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarini to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi va uni zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu yerning o‘zida kollektorlar bo‘ylab, tut ko‘chatlari ekish tadbirlari ham o‘tkazildi. Mazkur tadbirlar viloyat bo‘ylab davom ettirilayotgan bo‘lib, hududlarda ariq va zovurlar bo‘yidagi bo‘sh maydonlarga tut ko‘chatlari ekilmoqda.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz tumanida tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” faoliyati bilan tanishdi. Loyiha Prezidentimiz topshirig‘i bilan 2023 yildan Suv xo‘jaligi vazirligi va “Agrobank” AT banki tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda loyihaning 2-bosqichida fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari o‘qitilmoqda. “Suvchilar maktabi” uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan hamda tinglovchilarning joylardagi amaliyot ob’ektlariga qatnashlari uchun transport ajratilgan.
Viloyat rahbari mas’ullar va kurs tinglovchilari bilan suhbatda Xitoy davlatiga tashrif davomida suvdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan loyihalar doirasida tajriba uchastkalarini tanlab olish, vohaninng iqlim va tuproq sharoitlarini chuqur o‘rgangan holda suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish, shu asosda loyihani ommalashtirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz