Surxondaryoda «Ma’naviyat sektori» faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha respublika seminari o‘tkazildi
Prezidentimizning 2023 yil 16-17 noyabr kunlari viloyatimizga tashrifida respublikamizda birinchi marta “Surxondaryo tajribasi” sifatida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi. O‘tgan davr mobaynida viloyatimizda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, mahallalar, ta’lim va tibbiyot maskanlari, tashkilot, korxona hamda idoralarda “Ma’naviyat sektori” tashkil etildi.
Bugun Termiz shahrida “Surxondaryo tajribasi” asosida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ushbu sektor faoliyatini yurtimizning barcha hududlarida tashkil etish yuzasidan Respublika seminari o‘tkazildi.
Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiev, onlayn tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.
Seminarni viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov kirish so‘zi bilan ochib, vohada sektor faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etishning maqsad va vazifalari haqida so‘zlab, “Surxondaryo tajribasi” butun respublikamiz bo‘ylab joriy etilishini ta’kidladi.
Ishtirokchilarga bu borada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan taqdimot qilininib, kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi. Joriy yildan boshlab “Eng ma’naviyatli mahalla” ko‘rik tanlovi o‘tkazilishi kelishib olindi hamda bu borada Nizom ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Seminarda yetakchi olimlar va soha mutaxassislari ham ma’ruza qilishdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz