Viloyatda og‘ir hudud toifasiga kiruvchi 15 ta mahallada tub o‘zgarishlar hamda aholi bandligini ta’minlash dasturlari amalga oshiriladi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifini Qumqo‘rg‘on tumanidan boshladi. Tumanning og‘ir hududi sifatida tanlab olingan Yangihayot mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Viloyat rahbari mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi. Xususan, xonadonlarda ajratilayotgan kredit paketlar hisobiga yo‘lga qo‘yilgan asalarichilik, chorvachilik va parrandachilik kabi loyihalarning yo‘lga qo‘yilishi bilan tanishdi.
Shuningdek, mikromarkaz va yoshlar mehnat guzarlari faoliyati bilan ham tanishildi. Tanishuv davomida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan nuroniylar bilan suhbat qilindi. Ularning murojaatlarini inobatga olgan holda mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari tomonidan har bir hududda tanlab olingan “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, kelgusidagi vazifalar taqdimot qilindi.
Viloyat rahbari hududlarning taqdimotlarini ko‘rib chiqib, bir oy muddatda tanlab olingan mahallalarni “yashil” toifaga o‘tkazish, ishlarni bugundan jadallashtirish bo‘yicha shahar va tumanlar hokimlari hamda hududlar mutasaddilariga vazifalarni topshirdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz