Oltita tumanda g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishi o‘rganildi. Oltinsoyda loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning hududlarga tashrifi Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Oltinsoy, Uzun va Sariosiyo tumanlariga bo‘ldi hamda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari va g‘o‘za agrotexnikasi tadbirlarining borishi o‘rganildi.

Tanishuvlar davomida hududlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi a’zolarining o‘tkazgan o‘rganishlari bo‘yicha axboroti tinglandi. G‘o‘zaga ozuqa berish, sug‘orish, agrotexnik tadbirlarining borishi, rivojdan ortda qolayotgan dalalar yuzasidan qayd etib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Mutasaddilariga o‘rim davom etayotgan dalalarda g‘allani nes-nobud qilmasdan yig‘ishtirib olish, don korxonalariga qabul qilish va saqlash ishlarini tizimli tashkil etish topshirildi.

Shuningdek, Oltinsoy tumanida “Oltinsoy kotton klaster” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan 1 ming gektar maydonda uzumchilikni tashkil etish loyihasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Vazir va viloyat rahbari taqdimot bilan tanishib, tegishli tavsiyalarini berdilar. Mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish, istiqbolli, iqtisodiy samarador, real ish o‘rinlariga ega tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.