Xatlon delegatsiyasi Angor tumaniga tashrif buyurdi
Ayni damda vohamizga amaliy tashrifini davom ettirayotgan Xatlon viloyati raisi Davlatali Said viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Angor tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Top Quality Brand” MChJning terini qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari hamda tayyor mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng, tumanning Bahor mahallasida aholi tomorqa xo‘jaliklarida meva-sabzavotlar yetishtirish tajribasi bilan tanishildi. Yerdan unumli foydalanayotgan aholining bu boradagi tajribasi mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.
Tumanga tashrif yakunida delegatsiya a’zolari paxta yetishtirish tajribasi va paxta urug‘chiligi ko‘rgazmasi bilan tanishishdi. Tuman nuroniylari va faollari bilan suhbat qilindi. Vohaning qishloq xo‘jaligida erishayotgan yutuqlarini e’tirof etgan Davlatali Said o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va muntazam tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz