To‘ra Bobolov Termiz shahrida sayyor qabul o‘tkazdi

Sayyor qabul paytida viloyat hokimi kecha Kun.uz (https://t.me/kunuzofficial/118797) internet nashrida tug‘ma yurak porogi bilan Angor tumanida tug‘ilgan, 10 kun ichida operatsiya qilinsagina yashab keta olishi aytilgan chaqaloq haqida o‘qib qolganini gapirib, mutasaddilarga uning ota-onasini hoziroq telefonda bo‘lsa ham bog‘lab berish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Viloyat hokimi chaqaloqning otasi, ayni paytda Toshkent shahrida bo‘lib turgan Umarxon Sattorov bilan telefon orqali bog‘lanib, farzandining salomatligini so‘radi va  uning davolanishi uchun zarur mablag‘ning to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Sayyor qabulda yana 22 nafar fuqaro tomonidan Termiz shahri va Termiz tumanida istiqomat qiluvchi 500 nafar aholi nomidan dolzarb murojaatlar o‘rtaga tashlandi. Joyida hal qilish imkoni bo‘lgan 180 ta murojaat yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi.

Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega davlat idoralariga muddat belgilanib, nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.