“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Surxondaryo viloyat mintaqaviy filialiga yangi boshliq tayinlandi

“Mikrokredit bank” respublika boshqaruvi raisining tegishli buyrug‘igi asosan, Utaganov Mamur Irgashovich  aksiyadorlik-tijorat bankining viloyat mintaqaviy filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

M.Utaganov 1984 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Termiz davlat universitetining kasb ta’limi (kimyoviy texnologiya, biotexnologiya) fakultetini, 2010 yilda mazkur universitetning iqtisodiyot (tarmoqlar bo‘yicha) yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida AT “Aloqabank” Surxondaryo filialida mas’ul vazifalarda ishlagan.

M.Utaganov shu kungacha “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Surxondaryo viloyat

Angor filiali   boshqaruvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.