Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Tatariston Respublikasiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 4 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston–Rossiya hududlararo hamkorlik bo‘yicha III forumi” doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish maqsadida kuni-kecha Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya mazkur mamlakatga jo‘nab ketgan edi.
Tashrifning birinchi kuni Qozon shahrida Tatariston Respublikasi rasmiy shaxslari, chet davlatlar konsulliklari hamda 150 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Surxondaryo viloyatining iqtisodiy-investitsion imkoniyatlari, turizm salohiyati namoyishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, avvalgi tashriflarda erishilgan kelishuvlar doirasida loyihalarni amalga oshirish, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tataristonlik ishbilarmon doira vakillari bilan Surxondaryo viloyatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ikki va ko‘p tomonlama muloqot hamda muzokaralar o‘tkazildi.
Yakunda umumiy qiymati 200 mln dollarlik kelishuvlarga erishilib, shartnoma va memorandumlar imzolandi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz