Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Yaponiyada

Dunyodagi rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Surxondaryo viloyatidagi ko‘plab qadimiy buddaviylik manzilgohlari kunchiqar mamlakat aholisini hamisha o‘ziga jalb qilib kelgan. Bu esa o‘z navbatida, ushbu mamlakat aholisini vohamizga jalb qilish imkonini beradi.

Shu maqsadda bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya davlatida bo‘lib turibdi.

 

Tashrif avvalida viloyatimiz delegatsiyasining “Japan Conservation Engineers & Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati bilan muloqoti o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyatida sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini yuqori konsentratlangan fulvokislotadan foydalangan holda yaxshilash texnologiyasini qo‘llash loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 2022 yilda mazkur kompaniya bilan Sherobod tumanida entomolog-agronomlar ishtirokida 1 gektar kuchsiz (o‘rta) sho‘rlangan paxta yer maydonida o‘tkazilgan sinov ijobiy samara bergandi.

Muzokaralar yakunida “Japan Conservation Engineers & Co., Ltd.” kompaniyasi bilan “Fujimin” preparatini mosh, paxta va g‘alla yetishtirishda qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Viloyat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
https://alatberatbekasjepang.com/ https://cms.uki.ac.id/pict/spulsa/ https://pmb.takumi.ac.id/file/ https://siparaf.beraukab.go.id/asset/ http://esppd.niasbaratkab.go.id/lib/ygacor/ https://simata.bulelengkab.go.id/application/app/ https://siadik.disdik.jambiprov.go.id/assets/ https://stdb-disbun.kutaitimurkab.go.id/storage/2024/ https://orientasionline.usk.ac.id/osimpus/application/libraries/dompdf_qindsaof/vendor/assets/ https://data.dinaspupr.kalselprov.go.id/lib/
https://jdih.unila.ac.id/vagrant/config/https://jdih.unila.ac.id/frontend/sdana/https://jdih.unila.ac.id/vendor/sgacor/https://simple.setjen.kemendagri.go.id/application/core/