Termiz shahrilik 30 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun yer ajratildi

Termiz shahrida 2 ming 685 nafar yigit-qiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo'lib, ular safidan dehqonchilik qilish istagini bildirgan yoshlarga Termiz tumani hududidan serunum suvli ekin maydoni ajratib berilmoqda.

Xususan, Termiz tumanining Yangiariq hududida joylashgan “Baduk alliance impex ” MChJ dalasidan 15 gektar yer maydoni 30 nafar shaharlik yoshlarga 50 sotixdan bo'lib berildi.

 

Viloyat hokimi To'ra Bobolov ajratib berilgan mo''jazgina yer maydonida qovun, tarvuz va pomidor yetishtirib, daromad olmoqchi bo'lgan yigit-qizlar bilan uchrashib, ularga o'z taklif va tavsiyalarini berdi.

Vohada yoshlar bandligini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar, dehqonchilik qilish uchun berilayotgan ekin maydonlaridan oqilona foydalanib, mo'l hosil yetishtirish va daromad topish, xalqimiz dasturxonini sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan to'ldirish haqida fikr almashdi. Yosh dehqonlarning taklif va mulohazalarini tingladi.

 

Hozirgacha viloyatda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar safidan dehqonchilik qilish istagini bildirgan 7 mingdan ortiq yoshga 2 ming gektardan ziyod ekin maydoni ajratib berildi. Bu tadbir barcha tumanlarda davom etmoqda.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.