Ulug‘bek Qosimov: Asosiy vazifa – “Yoshlar, sog‘liqni saqlash va “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish. Uchta yo‘nalishda ham “Surxondaryo tajribasi”ni namunali yaratamiz”

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab, yoshlar masalalariga e’tibor qaratildi.

Prezidentimiz huzurida joriy yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yoshlar masalalari bilan ishlash, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xorijiy tillar hamda kasb-hunar o‘rgatish masalalarida qator vazifalar belgilab berildi. Viloyatda ushbu topshiriqlardan kelib chiqqan holda tizimli ishlarni tashkil etamiz. Har bir hududga rahbarlarni mas’ul etib belgilaymiz hamda ularning joylarda yoshlar yetakchilari bilan bevosita ishlab, yoshlar muammolarini hal etish faoliyatini tahlil qilib boramiz – deya ta’kidladi viloyat rahbari yig‘ilish avvalida.

Hudud va sohalar rahbarlariga yoshlar bilan manzilli ishlash, aholi salomatligini asrash hamda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish asosiy vazifa sifatida yuklandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilinib, topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi, hududlarda faollar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarning hal etilishi, ijro intizomi holati hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Hudud va tarmoqlar kesimida har bir masala ijrosi tahlil qilindi.

Muhokama so‘ngida viloyat Ishchi guruhlari tomonidan AYoQShlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ko‘plab holatlarda "Ai-80" markazi avtobenzinni "Ai-95" markalisi deb sotish holatlari aniqlangan. Ushbu holat kechirib bo‘lmas ish ekanligi tanqid qilindi hamda holat yuzasidan viloyat bosh imom xatibi o‘zning munosabatini bildirdi. Tegishli organlarga aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, avtobenzin sotuvini munatazam nazorat qilib borish hamda kunlik AYoQShlarga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi va markasi to‘g‘risida aholini xabardor qilib borish topshirig‘i berildi.

Viloyat rahbari tadbirkorlar muammolarini hal etilishiga ham to‘xtalib, bu borada qator sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligini ta’kidladi. Ayrim rahbarlarga faoliyatida o‘zgarish yasashi lozimligi, olib borayotgan ishlari qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatilib, ogohlantirish berildi.

3 izoh

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.