Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi onlayn “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi. Dastlab, iqtisodiyotimiz tayanchi bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlari va muammolarini hal etilishi tahlil qilindi. Barcha darajadagi rahbarlar aholi va tadbirkorlar murojaatlariga birinchi galdagi masala sifatida qarab, muammolarning hal etilishiga shaxsiy mas’uliyat bilan yondoshishi lozimligi ta’kidlandi. Bugungi qabul davomida hududiy studiyalar orqali 54 nafar tadbirkorning turli masalalardagi 61 ta murojaati tinglandi. Ularning 10 tasi qabul davomida hal etildi hamda qolgan murojaatlar ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijro muddatlari belgilab berildi. “Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish uchun “Call-sentr” bilan bog‘lanish raqamlari va tartibi bilan bu yerda (https://t.me/axborot_xizmati/28067) tanishishingiz mumkin. Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Dastlab, iqtisodiyotimiz tayanchi bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlari va muammolarini hal etilishi tahlil qilindi. Barcha darajadagi rahbarlar aholi va tadbirkorlar murojaatlariga birinchi galdagi masala sifatida qarab, muammolarning hal etilishiga shaxsiy mas’uliyat bilan yondoshishi lozimligi ta’kidlandi.

Bugungi qabul davomida hududiy studiyalar orqali 54 nafar tadbirkorning turli masalalardagi 61 ta murojaati tinglandi. Ularning 10 tasi qabul davomida hal etildi hamda qolgan murojaatlar ijrosi qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirilib, ijro muddatlari belgilab berildi.

“Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish uchun “Call-sentr” bilan bog‘lanish raqamlari va tartibi bilan bu yerda  tanishishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Изоҳ қолдириш

Сўровнома
Сурхондарё вилояти ҳокимлиг фаолиятини қандай бахолайсиз ?

Боғланиш
Сайт Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги, Ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш маркази мутахассислари томонидан яратилган.