Surxondaryolik turli millat vakillariga “Xalqlar doʼstligi” nishoni topshirildi

Mukofotlanganlar orasida 1 nafar vohadoshimizning I darajali “Salomatlik” ordeni bilan, 8 nafar surxondaryolikning “Xalqlar doʼstligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangani mamlakatimizda turli millat vakillari xizmatlarining yuksak eʼtirofi natijasidir.

Surxondaryo viloyati hokimligida ana shu davlat mukofoti va koʼkrak nishonini topshirish marosimi oʼtkazildi. Mukofotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari qoʼmitasi raisining maslahatchisi Gʼayratilla Shukurov, Surxondaryo viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari Fayzulla Mamanov hamda viloyat hokimining oʼrinbosari Ilhom Saparov oʼz egalariga topshirdi.

Изоҳ қолдириш

Сўровнома
Сурхондарё вилояти ҳокимлиг фаолиятини қандай бахолайсиз ?

Боғланиш
Сайт Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги, Ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш маркази мутахассислари томонидан яратилган.