Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Surxondaryoda bo‘ldi
Joriy yilning 31 oktabr – 1 noyabr kunlari Yevropa Ittifoqi Komissiyasining bo‘lim boshlig‘i S.Rinaldi boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar joriy yilning 1 noyabr kuni Yevropa Ittifoqi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Toshkentdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdilar.
Delegatsiyaning tashrifi davomida viloyat hokimi T.Bobolov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida T.Bobolov viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy, geografik imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari, qo‘shni Afg‘oniston davlati bilan faol hamkorlik aloqalari to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalarda fikr almashib, hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Shu bilan birga, mehmonlar viloyatga tashrifi doirasida “Barkaror xayot” nodavlat notijorat tashkiloti, Afg‘oniston fuqarorlarini o‘qitish ta’lim markazi va boshqa korxonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanishdilar.
-
Манзил :Термиз шаҳар, Ат-Термизий, 1-А уй. Жамот транспортлари: 2,4,8,222,17,13,5
-
Телефон :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz