To‘ra Bobolov Bobotog‘ni rivojlantirish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashdi

Kuni kecha,  9 fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov rahbarligida voha markazidan 265 km uzoqlikdagi Uzun tumanining Bobotog‘ massivida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2021-2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat prokurori S. Turdiyev, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, viloyat boshqarmalari, tijorat banklari, tuman sektorlari va aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi Prezident qaroridagi 22 ta hamda qo‘shimcha shakllantirilayotgan 25 ta loyiha tashabbuskorlari bilan suxbatlashdi. Ular duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun mas’ullarga muddat belgilanib, qat’iy topshiriqlar berildi.

- Tuman markazidan qariyb 90 km uzoqlikda istiqomat qilayotgan bobotog‘liklar ham yaxshi turmush sharoitlarda yashashga haqli - dedi viloyat rahbari. - Buning uchun Prezidentimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilgan. Bu yerda tadbirkorlar yo‘liga tusiq bo‘layotgan muammolarga yechim izlamay, vazifasini talab darajasida bajarmagan har qanday rahbarni ishlashga haqqi yo‘q.

Viloyat hokimi mas’ullarga loyihalarni qayta o‘rganish va yer maydoni hamda garov ta’minoti mavjud istiqbolli loyihalarni dasturga qushimcha kiritish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Ma’lumot uchun, Bobotog‘ massivida 16 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Prezident qarori asosida “Bobotog‘” mahallasida 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy usulda sendvich panellaridan qurilib, foydalanishga topshirildi va  “Yangiobod” mahallasida 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarini qurish ishlari yakunlanmoqda.

Shuningdek, hududda jami 9 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, 4 ta muassasaning har biriga 210 o‘rinli, 1 tasida 320 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binolari, 2 tasida sport zallari qurildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

2 изоҳ

Изоҳ қолдириш

Сўровнома
Сурхондарё вилояти ҳокимлиг фаолиятини қандай бахолайсиз ?

Боғланиш
Сайт Сурхондарё вилояти ҳокимлиги ҳузуридаги, Ахборот коммуникация технологияларини ривожлантириш маркази мутахассислари томонидан яратилган.