Sayyor qabullar fuqarolarning yashash tarzida o‘zgarish yasamoqda
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning xalq hayotidan yaqindan xabardor bo‘lish, aholining talab va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, aniqlanayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida markazdan tortib, to olis chekka hududlarda o‘tkazayotgan ommaviy qabullari davom etmoqda.
Qariyb 8 soat davommida 368 nafar fuqaroning murojaatiga yechim izlandi
Termiz shahridagi San’at saroyi hududida soat 7:00 da boshlangan viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli 14:40 ga qadar davom etdi.
Sayyor qabulda murojaatlarga yechim topilmoqda
Angor tumanida bo‘lib o‘tayotgan ommaviy sayyor qabulda hozirga qadar ro‘yxatga olingan fuqarolar soni 175 nafarni tashkil etib, ulardan 107 nafarining murojaati tinglandi. Murojaatchilar tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan muammolar sektor rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz