Eksportyor korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan uchrashuv
Surxondaryo viloyatida eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va mahalliy eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu e’tibor samarasi o‘laroq, o‘tgan yili viloyatda 133,2 mln. dollarga teng mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Bu 2017 yilga nisbatan 135 foizga ko‘pdir.
Joriy yilda viloyatga 165 million AQSh dollari miqdorida eksport prognozi belgilangan. Boshqacha aytganda, 12,5 million AQSh dollari miqdoridagi sanoat va 152,5 million AQSh dollari hajmidagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
5 mart kuni viloyatdagi eksportyor korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda eksportning ortib borishi grafigi asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi.
Uchrashuvda mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishni o‘zlashtirish, zamonaviy klaster va logistika markazlarini tashkil etish to‘g‘risida eksportyor korxonalar, tadbirkorlik sub’ektlariga aniq tavsiyalar berildi.
Mutasaddi rahbarlarga eksport qiluvchi korxonalar va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida yuzaga yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni bartaraf etish, ularga amaliy yordam berilishiga e’tiborni kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
-
Manzil :Termiz shahar, At-Termiziy, 1-A uy. Jamoat transportlari: 2,4,8,222,17,13,5
-
Telefon :+998 (76) 224-02-89, 1088 Antikorrupsiya +99876-228-0190-2012
-
E-mail:gov@surxondaryo.uz