Surxondaryo viloyati hokimligi
“Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Bugun 26 iyul kuni Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbirni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov ochib berdi.

Nufuzli tadbirda Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, Amerika, Yaqin va O‘rta Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqalarining Afg‘onistonda barqarorlikni tiklashga bevosita jalb etilgan 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, BMT, Yevropa Ittifoqi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg‘oniston Muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Anjumanda Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afg‘on xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni ta’minlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, xalqaro konferensiya doirasida qo‘shni Afg‘onistonda iqtisodiy barqarorlikni tiklashga qaratilgan gumanitar va infratuzilma loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.