Fransiyaning SUEZ kompaniyasi "To‘palang" suv omboridan ichimlik suvi quvurlarini tortish ishlarida ko‘mak beradi

Surxondaryo viloyatining 1,7 mln. aholisini markazlashtirilgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida “To‘palang” suv omboridan magistral suv ta’minoti tarmog‘ini yotqizish mega loyihasini amalga oshirish ishlari qizg‘in davom etmoqda

Shu kunga qadar Sariosiyo, Denov, SHo‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida jami 35,955 km magistral ichimlik suv tarmoqlari hamda Sariosiyo va Denov tumanlarida 10,46 km ichki ichimlik suvi uzatish tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirildi.

Mega loyihaning 2-bosqichida tuman markazidan har bir xonadonga tarmoq tortish ishlarini amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida Fransiyaning yetakchi SUEZ kompaniyasi jalb qilinib, hozirda kompaniya mutaxassislari loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishishmoqda.

Mehmonlar Denov tumani hududida qurilayotgan 20 ming m3 sig‘imli suv saqlash va tarqatish inshooti hamda "To‘palang" suv omborida bo‘lishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.