“Hamdo‘stlik—2022”

“Hamdo‘stlik—2022”: O‘zbek-tojik hamkorlikdagi o‘quvi yakuniga yetdi

Bugun, erta tongdan O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda general-polkovnik SHerali Mirzo, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va boshqa mas’ullar "Termiz" poligonida bir haftadan ko‘proq tayyorgarlik ko‘rilgan “Hamdo‘stlik—2022” o‘zbek-tojik hamkorlikdagi o‘quvining asosiy bosqichini kuzatdilar.

Photo Sherzod Qodirov

Hamkorlikdagi o‘quv rejasiga ko‘ra ikki davlat chegarasini buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalariga motoo‘qchi, tank, artilleriya va boshqa jangovar bo‘linmalar tomonidan aniq zarbalar berildi.

Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov

Amaliy o‘quv yakunida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirlari “Hamdo‘stlik—2022” hamkorlikdagi o‘quv ishtirokchilari va tashkilotchilarini erishilgan yutuqlar bilan tabriklashdi. Jarayonlarda faol qatnashgan har ikki davlat harbiy xizmatchilari O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari mudofaa vazirliklari tomonidan ta’sis etilgan medallar, esdalik nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov
Photo Sherzod Qodirov

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.