Surxondaryo viloyati hokimligi
Sayyor qabullar fuqarolarning yashash tarzida o‘zgarish yasamoqda

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning xalq hayotidan yaqindan xabardor bo‘lish, aholining talab va ehtiyojlarini tizimli o‘rganish, aniqlanayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida o‘tkazayotgan ommaviy qabullari davom etmoqda.

SHo‘rchi tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda 287 nafar fuqarolarning 304 ta murojaati ko‘rib chiqilib, uning 42 tasiga joyida ijobiy yechim topildi. Jumladan,

SHo‘rchi tumani A.Navoiy mahallasida yashovchi Aziza Otaboyeva sharoiti og‘irligi sababli uy-joyini ta’mirlashda amaliy yordam so‘radi. Murojaatchiga zarur bo‘lgan qurilish materiallarini yetkazib berish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.

- Qumqo‘rg‘on tumani O‘zbekiston mahallasi, Ketmon qishlog‘idan bir guruh nuroniylar yashash hududidagi 4R105 avtomobil yo‘liga bir necha oy oldin asfalt yotqizish uchun tosh-shag‘al to‘kilgani, asfaltlanmagani sababli avtomobillar harakatlanishiga noqulayliklar tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat qilib, mazkur yo‘llarga asfalt yotqizish ishlarini yakunlashda yordam so‘radi. Viloyat rahbari xomashyo yetishmasligi bilan tog‘liq muamoni hal etib, 2 kun ichida asfalt yotqizish ishlari boshlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.

- SHo‘rchi tumani G‘armaqo‘rg‘on mahallasidan bir guruh fuqarolarning elektr energiya ta’minotidagi muammolar yuzasidan qilgan murojaati inobatga olinib, bir oy muddatda 1,5 km elektr energiya liniyasini tortish ishlari amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga vazifa yuklandi.

- Ezgulik mahallasida yashovchi Feruza Kamolovaning 4 dona beton ustun o‘rnatish masalasidagi, "Baxshitepa" mahallasida yashovchi Yulduz Bekmurodovaning hisoblagich o‘rnatish masalasidagi murojaati ham viloyat elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan  tez orada ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

SHo‘rchi tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan, 2 nafar farzandning onasi Ulg‘iza SHeraliyevaga oliy ta’limda o‘qishi uchun kontrakt to‘lovi to‘lab beriladigan bo‘ldi.

- Sayyor qabulda sog‘ligini tiklashda yordam so‘ragan 11 nafar fuqarolarning murojaatlari viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan joyida hal etilib, ularning 7 nafariga davolanishi uchun order, 4 nafari zarur dori vositalari bilan ta’minlandi. Jumladan, Yarmamat Usmonovning davolanishi uchun zarur dori-darmon, Uldona Oltiboboyevaning farzandini davolatishi uchun viloyat Bolalar shifoxonasiga yo‘llanma berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.