Surxondaryoda tozalik aksiyasi o‘tkazilmoqda

Bugun erta tongdan Surxondaryo viloyatida Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aksiyaga start berildi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, obodonlashtirish korxonalari xodimlari, ko‘ngilli nuroniylar va yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, viloyat ichki ishlar boshqarmalari, Termiz shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari A.Xidirov, senator O.Soatov va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimizda hududlarni yanada obodonlashtirib, tozalik va ozodalikni saqlash, yurtimizni yashil boylikka burkab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor haqida atroflicha so‘z yuritdi. Bu borada Surxondaryo viloyatida ham keng qamrovli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Aksiya viloyat markazidagi “Bolajon” bog‘ini obodonlashtirishdan boshlandi. Kun davomida ishtirokchilar Termiz shahridagi istirohat bog‘lari, tashkilot va korxonalarda, mahallalar va ko‘cha-kuyda yirik hajmdagi tozalash-obodonlashtirish yumushlarini amalga oshiradi.

Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.