TAYINLOV: Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, shahar Kengashi deputatlari, viloyat va shahar hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 2017 yilning fevral oyidan buyon Termiz shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xudoyberdiyev Isroil Bo‘riyevich vazifasidan ozod qilindi.

Termiz shahar hokimi lavozimiga To‘rayev O‘ktam Ismailovich nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

O‘ktam To‘rayev 1979 yilning 25 oktabrida Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universiteti, 2002 yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Muzrabot tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Boysun va Sariosiyo tumanlarida hokimlik qilgan.  2021 yilning may oyidan Qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sessiyada so‘zga chiqqanlar shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish borasida shahar hokimi oldida turgan dolzarb vazifalar ko‘rsatib berilgani, ana shu amaliy ko‘rsatmalar asosida ishni to‘g‘ri tashkil etib, hamjihatlik bilan mehnat qilish va ko‘zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta’kidladilar.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.