Odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir Davlat xizmatchisining majburiyatidir!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali, Adliya boshqarmasi hamda Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Davlat fuqarolik xizmatchisi – qonunlar nigohida” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. O‘quv-seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad – viloyatda davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash bo‘linmalari rahbarlarining nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda salohiyatini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Ma’lumki, joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga soluvchi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi.

Davlat rahbari huzurida 2022 yil 4 avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz davlat xizmatini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib, ushbu masala qariyb 30 yildan beri keyinga surilib kelinayotganligini qayd etdi. Mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida ushbu Qonun tayyorlanganligini alohida ta’kidlandi.

Qonunning ishlab chiqilishi – juda mashaqqatli jarayon bo‘lib, 15 ta vazirlik va idoralar mutaxassislari, xorijiy ekspertlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida tayyorlangan. Jamoatchilik vakillari, jumladan, jurnalist va blogerlar ishtirokida 10 dan ortiq muhokamalar tashkil etilgan. Qonunni ishlab chiqish jarayonida xorij tajribasi va xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalariga tayanilgan. Xususan, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Bolgariya, Latviya, Polsha, Estoniya, MDH davlatlari va boshqa mamlakatlarning qonunchiligi tahlil qilindi.

Bundan tashqari, seminarda “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 595-sonli Qaroriga asosan mutaxassislar tomonidan Davlat xizmatchilarining nafaqat xizmatni o‘tash vaqtida, balki, xizmatdan tashqari vaqtdagi odob-axloq qoidalari, shu bilan birga, rahbar xodimlarning majburiyatlari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘quv-seminari interfaol usulida tashkil etilib, ishtirokchilarga mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi va ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Targ‘ibot seminari davomida ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohazalari va takliflarlarini bildirishdi. Yakunda ishtirokchilarga Qonun hamda qaror targ‘ibotiga doir uslubiy materiallar hamda tavsiyalar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.