Surxondaryo viloyati hokimligi
Denovda zamonaviy savdo majmuasi ish boshladi

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Namozgoh mahallasida barcha sharoitlarga ega zamonaviy savdo majmuasini foydalanishga topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, "Lochin" fermer xo'jaligi rahbari, O'zbekiston qahramoni A.Narzulloyev, Denov tumani imom-xatibi D. Davlatov va boshqalar mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar xalq farovonligi va aholi maьmurchiligini taьminlash, xizmatlar ko'rsatish sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo'layotganini ta'kidladi.

 

Prezidentimizning 2020 yil 9 apreldagi «2020-2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to'g'risida»gi qarori aholi eng gavjum hududning qiyofasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shunga muvofiq Denov tumanidagi “Nomozgoh” mahallasida xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlarga ega bo'lgan, yong'in xavfsizligi talablariga javob beradigan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari mavjud yangi savdo majmuasi qurilib foydalanishga topshirilgani ham bunga yaqqol dalildir.

 

Yigirma ikki gektar maydonda barpo etilgan zamonaviy savdo majmuasida 927 ta kiyim-kechak, 534 oziq-ovqat mahsulotlari do'koni va 1 359 ochiq va yopiq ko'chma hamda ochiq rastalar, 17 ta umumiy ovqatlanish shahobchasi qurilib ishga tushirildi. Buning uchun 215,5 milliard so'm mablag' sarflandi.

 

Zamonaviy majmuani "Muhammadali" masьuliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tez,sifatli qurib foydalanishga topshirdi.

–Bu yerda sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi "Muhammadali" masьuliyati cheklangan jamiyati rahbari Hayitali Allamurodov. – Tumandagi eski buyum va oziq-ovqat bozorlaridan yana bir farqi shundaki, majmuada barcha xavfsizlik va sanitariya qoidalariga rioya etish choralari ko'rilgan. Yong'in xavfsizligini taьminlash alohida eьtiborga olingan. Ozodalikni saqlash uchun zarur qulaylik mavjud. Oqavo suv tarmog'iga ulangan.

 

Majmuada 3 ming 198 ta yangi ish o'rni yaritildi. Savdo majmuasining foydalanishga topshirilishi aholiga bir olam quvonch ulashdi.

– Eski buyum va oziq-ovqat bozorlarimiz xaridorlar bilan gavjumligidan hamisha tirband bo'lib turar edi, – deydi denovlik M.Toshboyev. – Mazkur savdo majmuasi keng maydonda barpo etilgani uchun odam emin-erkin harakatlanadi. Toza va ozodaligidan dil yayraydi. Tumanimizda amalga oshirilayotgan bunday yangilanishlar biz, oddiy xalq manfaatiga xizmat qilayotani eьtiborga sazavordir.

 

Shu kuni 400 mingdan ortiq aholi yashaydigan tumandagi yangi savdo majmuasi yonida ikki qavatli "Universal" savdo majmuasi ham foydalanishga topshirildi.

Viloyat hokimi yangi savdo majmualarida tadbirkorlar va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mutasaddilarga tegishli taklif va tavsiyalarni berdi.

 

Poytaxtdan kelgan sanьatkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog`lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.