Termiz innovatsion tumani hududida «Jeonbuk Technopark» filialini ochish taklif etildi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish va Moliya vazirliklari hamda "UzTest" va boshqa aloqador tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida “Jeonbuk” texnoparki rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralari chog‘ida Surxondaryo viloyat innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kichkilov viloyatning Termiz innovatsion tumani haqida ma’lumot berib o‘tdi hamda ushbu innovatsion tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi, issiqxonachilik, baliqchilik sanoati rivojlanganligini, innovatsion strukturani amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanini ta’kidladi va Termiz innovatsion tumanida “Jeonbuk” texnoparkining filialini ochish yoki hamkorlikda texnopark tashkil etish taklifini bildirdi.

Koreya tomonidan “Jeonbuk” texnoparki direktori Yang Gyun mazkur taklifni iliq kutib oldi va uni atroflicha o‘rganib, ko‘rib chiqishga tayyorligini ma'lum qildi.

Tomonlar kelgusida “Jeonbuk” texnoparki O‘zbekiston bilan uzluksiz almashinuv va hamkorlik orqali ODA dasturi bo‘yicha yangi loyihalar hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning yutuqlarini ilgari surishga umid bog‘lashini bildirishdi.

Ma’lumot uchun, 2016 yildan buyon “Jeonbuk” texnoparki O‘zbekiston, Efiopiya, Indoneziya kabi mamlakatlarga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida ODA loyihalarini ilgari surib kelmoqda.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.