Respublika ishchi guruhi ishtirokida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati muhokama qilindi

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov rahbarligida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini o‘rganish, korxonalardagi mavjud quvvatlarni oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha Ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Abidov, sektor rahbarlari, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kotibiyat mudirlari, aloqador viloyat boshqarmalari hamda tijorat banklari rahbarlari, hududiy studiyalardan tuman(shahar)lar hokimlari, ularning mas’ul o‘rinbosarlari hamda tijorat banklarining hududiy filiallari rahbarlari, shuningdek, Respublika ishchi guruhining hududlarga biriktirilgan vakillari ishtirok etishdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Prezident Administratsiyasi rahbarining Surxondaryo viloyatidagi mahalliy sanoat va eksportchi korxonalarni “korxonabay” o‘rganish, ularning muammolarini hal etish choralarini ko‘rish orqali yangi zaxiralarni aniqlash topshirig‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha Respublika ishchi guruhining viloyatga tashrifining dastlabki ikki kunidagi o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

O‘tgan davr mobaynida tuman (shahar) hokimliklari, biriktirilgan tijorat banklari tomonidan topshiriq ijrosiga e’tiborsizlik va o‘zbo‘larchilik bilan yondoshilganligi, xususan, topshiriq asosida viloyatdagi 2 ming 208 ta mahalliy sanoat hamda 98 ta eksportchi korxonalarni o‘rganish belgilangan bo‘lsada, amalda bugungi kunga qadar bor yo‘g‘i 1 067 ta korxona o‘rganilgan, xolos.

Bu borada Termiz shahrida 213 ta, Denov tumanida 126 ta, Qumqo‘rg‘on tumanida 120 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida 103 ta, Sariosiyo tumanida 101 ta va Sho‘rchi tumanida 78 ta korxona o‘rganilmasdan turganligi, eng achinarlisi, past quvvatda faoliyat yuritayotgan viloyatdagi 89 ta korxonalardan birortasida o‘rganish ishlari olib borilmaganligi qattiq tanqid qilindi hamda mas’ullarning xato va kamchiliklari muhokama qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar qattiq ogohlantirilib, tuman (shahar) hokimliklariga biriktirilgan tijorat banklari bilan birgalikda bir kun muddatda barcha korxonalarni o‘rganish ishlarini to‘liq yakunlash, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha “chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqib, viloyat Shtabiga taqdim etish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.