Viloyat hokimi Uzun tumani Bobotog‘ hududi aholisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish, yangi bog‘ va uzumzorlarni tashkil etish, pillachilik va chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini va veterinariya xizmatini yanada rivojlantirish, shuningdek, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, tibbiy va aloqa xizmatlari sifatini oshirish maqsadida “2021-2023 yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov sektor rahbarlari bilan birgalikda Uzun tumani Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va Bobotog‘ hududida joylashgan 45-sonli maktab binosida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda Bobotog‘lik 31 nafar fuqarolarning 52 ta turli masaladagi murojaatlari tinglandi. Qabul qilingan murojaatlarning 14 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi va 38 ta murojaat ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish hamda mablag‘ talab etganligi sababli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabulda ishtirok etgan Sobir Xolboyev hududdagi yerlar asosan adirliklarda joylashgan, suvsiz yerlar ekanligini bildirib, yer solig‘i stavkalarini tushirish masalasida murojaat qildi. Viloyat rahbari tuman hokimi va soliq organi rahbarlariga ushbu masalani tegishli tartibda ko‘rib chiqib, soliq stavkalarini tushirish masalasini tuman Kengashi deputatlari muhokamasiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Uchrashuv so‘ngida viloyat rahbari Bobotog‘ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturda belgilangan hudud aholisi uchun qulayliklar yaratish va infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar 2023 yilda ham davom ettirilishini ma’lum qildi.

Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning to‘liq amalga oshirilishi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar hamda aniq vazifalar belgilab berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.