Bobotog‘ hududida 102 ta xonadonli harbiy shaharcha foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish va Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini yanada oshirish maqsadida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shunday e’tiborning navbatdagisi viloyat markazidan olisda joylashgan Bobotog‘ hududida loyiha qiymati 20,5 mlrd so'm bo‘lgan “Saodatbonu Aziza Termiz” xususiy korxonasi tomonidan yangidan qurilgan 3 ta 5 qavatli hamda qayta ta’mirlanib, rekonstruksiyadan chiqarilgan, zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan 4 ta 2 qavatli turar joy binolarida jami 102 ta xonadon hamda tikuv sexi qad rostlagan harbiy shaharchaning tantanali topshirilishi bo‘ldi.

Tadbirda viloyat hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlarini tantanali topshirdi. Tantanali tadbirda shuningdek, viloyat va tuman sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, nuroniylar, shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etishdi.

Bobotog‘ hududidagi harbiy qismda xizmat faoliyatimni olib bormoqdaman. Yosh oilamiz, turmush o‘rtog‘im va bir nafar farzandim bilan yangi xonadonga ko‘chib o‘tganimizdan xursandmiz. Barcha zamonaviy qulayliklarga ega xonadon sohibi bo‘lganimiz mendan ham ko‘ra turmush o‘rtog‘imni baxtiyor qildi, buning uchun biz harbiy xizmatchilarga e’tibor qaratib, shunday qulayliklarni yaratib berayotganligi uchun Oliy Bosh Qo‘mondonimiz, muxtaram Prezidentimizga oilamizning minnatdorchiligini bildiraman  – deydi Termizlik harbiy, kichik serjant Sirojiddin Qiyomov.

Viloyat rahbari va tadbir ishtirokchilari yangi xonadonlarga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar uylarida mehmon bo‘lishib, xonadonlarning sharoitlari bilan tanishishdi. Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan, ikki va uch xonadan iborat bo‘lgan bu uylarda harbiy xizmatchilarning farovon turmush kechirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgani e’tirof etildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.