Hokimlar va yoshlar ishtirokida o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda

Termiz tumanida joylashgan Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarufidagi Termiz umumqo‘shin dala poligonida Surxondaryo viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati, hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari shuningdek, hududlardan 100 dan oshiq "Yoshlar daftari"ga kiritilgan hamda "Temir"da turgan oilalar farzandlari ishtirokidagi o‘quv yig‘inlari boshlandi.

Yig‘in ishtirokchilari qo‘shinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida bo‘ladilar.

Yig‘inning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi, viloyat harbiy-ma’muriy sektor rahbari To‘ra Bobolov ishtirok etib, ishtirokchilarga bir necha kun davom etadigan mashg‘ulotlar mamlakat armiyasining qudrati bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta’kidladi hamda barchaga omad tiladi.

Yig‘in punktiga yetib kelgan shahar va tumanlar hokimlari hamda boshqa ishirokchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga harbiy kiyim-kechaklar topshirildi. Ishtirokchilar harbiy xizmatchilar uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, qurol aslahalar hamda zamonaviy harbiy texniklar, shuningdek, harbiy xizmatchilarning madaniy hordiq chiqarish va sport inshootlari bilan tanishdilar. Shundan so‘ng harbiy-hisob mutaxassisligi bo‘yicha guruhlarga taqsimlandi.

Yig‘in davomida ishtirokchilar jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-ma’muriy sektorlarning faoliyati va roli bilan tanishishadi.

Ular shuningdek, aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan o‘tib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Operativ, safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan o‘tish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar bo‘lib boradi.

Yig‘in joriy yil 25 noyabr kuniga qadar davom etadi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.