Intizom mustahkam bo'lsa...

Har bir korxona va tashkilotning ish unumdorligi ijro intizomiga bog'liq. Ayniqsa, bu jarayon davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida tizimli tashkil etilsagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Aksincha, ortiqcha ovvoragarchilik, mummolarning to'planib qolishi, yechimini kutayotgan masalalar ildiz ota boshlaydi.

Termiz shahar hokimligida tashkil etilgan tadbir ham aynan ushbu masalalar xususida bo'ldi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi hamda Adliya vazirligining mas'ul rahbar va mutaxassislari, viloyatimizda faoliyat yuritayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbar va ijro intizomiga mas'ul mutaxassislari ishtirok etdi.

“Surxondaryo viloyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ijro intizomiga mas'ul rahbarlarning hujjatlar bilan ishlashini tashkil etish, shaxsiy mas'uliyatini oshirish hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash” mavzusidagi o'quv-amaliy seminarni viloyat hokimining o'rinbosari Axmad Suvanqulov ochib berdi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari hamda topshiriqlarining Surxondaryo viloyatidagi ijrosi, Prezidentimizning joriy yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF–6166-son Farmonning mazmun-mohiyati xususida atroflicha so'z yuritildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari va topshiriqlarini rasmiylashtirish, ularning ijrosini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi bilan ishlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash to'g'risida: tahlillar, muammolar va ularning yechimlari borasida to'liq ma'lumotga ega bo'lishdi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxassislaridan atroflicha javob oldilar.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.