Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryoda bahorgi chigit ekish boshlandi

Bugun Angor tumanidagi “ANGOR SURXON G`URURI” paxtachilik-to'qimachilik klasterining dala maydonida chigit ekish ishlarini qisqa va maqbul muddatlarda sifatli ekishga bag'ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Unda viloyatdagi to'rtta sektor rahbarlari, viloyat hokimining hamda tuman hokimlarining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari, sohaga masьul tashkilot va korxonalar, paxta-to'qimachilik klasterlari, tuman qishloq xo'jaligi bo'limi boshliqlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdi.

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 4 martdagi qaroriga ko'ra, joriy yilgi paxta hosili uchun viloyatda 72 ming 370 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ob-havo injiq kelayotgan bu yilgi sharoitda chigitni maqbul muddatlarda, tez va sifatli ekib, o'ndirib olish mo'l hosil yetishtirishda o'z samaralarini beradi. Buning uchun mavjud texnikalar kuchidan oqilona foydalanishga to'g'ri keladi. Shu maqsadda vohada 808 ta chigit ekish seyalkasi, 3 ming 232 ta borona ta'mirdan chiqarilib, mavsumga shay qilib qo'yilgan.

Mutaxassislarning fikricha, chigit belgilangan muddatlarda ekilsa ertagi, bir tekis va sog'lom ko'chat olinadi. Bunga urug' yumshoq, nam va harorati yetarli bo'lgan tuproqqa qadalganida erishiladi. Chigitni muddatidan oldin yoki kech ekish kutilgan natijani bermaydi. Tuproq harorati 10 santimetr chuqurlikda 13-14 gradusga yetganida chigit urug'ini qadash uchun eng qulay muddat sanalib, urug' qisqa kunlarda ko'tarilishni boshlaydi. Tuksiz chigit tukliga nisbatan 5-6 kun kechroq ekiladi.

Seminarda so'zga chiqqan sohaning tajribali mutaxassislari va olimlar ana shu haqda fikr yuritdi. Mutasaddilarga chigit ekishni qisqa muddatlarda va sifatli yakunlash, chigit ekish seyalkalarni rostlash, yerni ekishga tayyorlash kabi muhim masalalar bo'yicha tavsiyalar berildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu yilgi mavsumda viloyat paxtakorlari 48 ming ming gektar maydonga g'o'zaning o'rta tolali, 20 ming 650 gektar yerga g'o'zaning ingichka tolali va 3 ming 720 gektar maydonga yangi navlar urug'ini qadab, parvarishlaydi.

Ilmiy-amaliy tadbir ishtirokchilari paxtachilik-to'qimachilik klasterida mavjud maydonlarni chigit ekishga tayyorlash va chigitni sifatli qadash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o'zaro tajriba almashdi.

Seminarda viloyat hokimi To'ra Bobolov so'zga chiqdi.

 

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?

Bog`lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.