Qariyb 180 nafar fuqaroga subsidiya asosida jihozlar topshirildi

Viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi hamda hokimliklar tomonidan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularning tadbirkorlik hamda hunarmandchilik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratish ishlari davom etmoqda.

Bugun Denov tumanidagi «daftarlar»da turgan, band bo‘lmagan 153 nafar fuqaroga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tikuv dastgohlari hamda motokultivator topshirildi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz ayollarning 23 nafariga subsidiya asosida tikuv dastgohlari topshirildi.

Endilikda ushbu fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan holda oilalariga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.