Yangi tayinlangan hokim ishni viloyatdagi muammolar va mavjud holatni o‘rganishdan boshladi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Ulug‘bek Qosimov hokimlikdagi birinchi ish kunini viloyatdagi mavjud muammolar, ularning tahlili va muhokamasi bilan boshladi.

Shu maqsadda viloyat hokimining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, hokimlik apparati xodimlari, viloyatdagi boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har bir sohadagi mavjud muammolar, bugungi kundagi holat va kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Viloyat rahbari mas’ullardan axborot qabul qilar ekan, mavjud muammolar va ularning yechimi borasida o‘zining tavsiya, topshiriq va ko‘rsatmalarini berdi. Har bir tarmoq, yo‘nalish va sohalar kesimida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shundan so‘ng, Ulug‘bek Qosimov viloyatning asosiy yangi yil archasi o‘rnatilgan “Mustaqillik maydoni”da bo‘lib, saylga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida fuqarolarning bayram kayfiyati bilan qiziqib, ularni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, mazkur maydonda jamoat xavfsizligini ta’minlash, yong‘in va favqulodda holatlarning oldini olish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Aholiga bayramona kayfiyat ulashuvchi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.