Zarabog‘liklarning muammolari o‘rganildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani "Zarabog‘" mahallasi Zarabog‘ qishlog‘ida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi.

Qishloq muammolarini joyida o‘rganar ekan, viloyat rahbari dastlab aholi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Ko‘prik sifatini mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘rganish hamda betonlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari ushbu qishloq hududida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabi binosini ko‘zdan kechirib, yangidan qurilgan qo‘shimcha o‘quv binosini jihozlash masalasini ikki kun muddatda hal etish bo‘yicha topshiriq berdi. Mas’ullarga ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar xonalarini yetarli sharoitlar bilan ta’minlash borasida tavsiyalar berildi.

Viloyat hokimi, shuningdek, qishloqqa olib boruvchi yo‘llar ta’mirtalab ekanligiga e’tiroz bildirib, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni tartibga keltirish bo‘yicha soha mas’ullariga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.