Termiz tumanida “Eski shahar” turistik maskani barpo etiladi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishdi. Shu maqsadda Termiz shaharidagi bir qancha ob’ektlardagi o‘rganish ishlaridan so‘ng viloyat rahbari Termiz tumaniga tashrif buyurdi. 

Dastlab viloyat rahbari Termiz tumani hududida joylashgan “Fayoztepa” buddaviylik yodgorligi majmuasi bilan tanishdi. Majmuada olib borilayotgan ishlar, turistlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, viloyat hokimi ushbu hudud yaqinida “Eski shahar” turistik maskani barpo etish takliflini berib, turistik maskanda eski Termiz shahrini qayta bunyod etish, qadimiy uslubdagi uy-joylar, hunarmandlar markazi, savdo do‘konlari qurilishini rejalashtirish hamda viloyatning turizm potensialidan unumli foydalangan holda turizmni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Shundan so‘ng, viloyat rahbari tuman hududida joylashgan “Otchopar” majmuasini ko‘zdan kechirdi. Hududni obodonlashtirish, xiyobonga aylantirish loyihasini ishlab chiqish, bayram sayllari o‘tkaziladigan maydonlarni tartibga keltirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Keyingi manzilda Termiz tumanining “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan “Do‘stlik” madaniyat markazining ta’mirtalab binosi ko‘zdan kechirildi. Binoni ta’mirlash ishlari moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi sababli to‘xtab qolgan. Aholining madaniy xordiq chiqarishi, yoshlar uchun musiqa va san’atni o‘rganishiga xizmat qilishi kerak bo‘lgan ushbu maskanning bu ahvolda ekanligi viloyat rahbarining e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarining to‘xtab qolish sabablarini o‘rganib, aybdorlarga tegishli chora ko‘rish hamda madaniyat markazini zamonaviy tipda ta’mirlab, foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.