TAYINLOV: Bandixon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Bandixon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Choriev O‘tkir Abduzoirovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich tasdiqlandi.

Abdumalik Allamurodov 1977 yil 17 aprelda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1998 yil Termiz davlat universitetini, 2003 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.

A.Allamurodov 2000-2022 yillarda Adliya, Prokuratura, Ichki ishlar organlari, Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2022 yildan buyon Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldirish

So‘rovnoma
Surxondaryo viloyati hokimligi faoliyatini qanday baholaysiz?

Bog'lanish
Sayt Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.